» » Andijonda bir payshanbada 36 mast haydovchi va yo‘lovchi tashish qoidasini buzgan 163 kishiga ma’muriy chora ko‘rildi

Andijonda bir payshanbada 36 mast haydovchi va yo‘lovchi tashish qoidasini buzgan 163 kishiga ma’muriy chora ko‘rildi


Andijon viloyatida bir payshanbada yo‘l-patrul xizmati tomonidan 875 ta qoidabuzarlik aniqlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Andijon viloyatida o‘tkazilgan huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish kuni profilaktika tadbirlarida yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan 4330 ta transport vositasi tekshiruvdan o‘tkazilgan va 875 ta qoidabuzarliklar aniqlandi.

Ushbu holatlarning 36 tasi haydovchilar transport vositasini mast holatda boshqarayotganligi, 107 tasi tezlikni belgilangan me’yordan oshirish, 13 tasi harakatlanish vaqtida uyali aloqa vositasidan foydalanish, 16 tasi esa svetofor ishoralariga amal qilmaslikni tashkil etadi.

Bundan tashqari, shu kuni yo‘lovchi tashish qoidasini buzgan 163 nafar, tegishli hujjatlarsiz transport vositasini boshqargan 86 nafar haydovchi hamda 439 ta boshqa turdagi qoidabuzarliklar sodir etgan shaxslar aniqlanib, ularga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-03-2017, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 24) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют