» » Butun dunyoda tinch aholi qurol g‘amlamoqda

Butun dunyoda tinch aholi qurol g‘amlamoqda


So‘nggi bir necha yil ichida butun dunyo bo‘ylab tinch aholi vakillariga tegishli o‘qotar qurollar soni keskin o‘sdi. Bu haqda The Wall Street Journal jurnaliga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.

Jurnal tomonidan qayd etilishicha, Shveysariyaning Small Arms Survey tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot 2017-yilda o‘qotar qurollar soni dunyoda bir milliardga yetganini ko‘rsatgan. Bu esa 2006-yilga nisbatan 32 foizga ko‘p hisoblanadi.

Xabar berilishicha, bu qurollarning 85 foizi yoki 857 milliontasi oddiy aholiga tegishli, harbiylar qo‘lida esa 133 millionta, huquqni muhofaza qiluvchi idoralarda esa 23 millionta qurol mavjud.

Eng ko‘p qurol AQShning oddiy aholisida bo‘lib, 393,3 milliontani tashkil qiladi. Ikkinchi o‘rinda 71,1 millionta qurol bilan Hindiston turadi, uchinchi o‘rinni 49,7 millionta qurol bilan Xitoy, to‘rtinchi beshinchi o‘rinni Pokiston va Rossiya mos ravishda 43,9 millionta va 17,6 millionta qurol bilan egallagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-01-2019, 06:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 109) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют