» » Angliya Liga Kubogi. Keyn “Tottenhem”ga “Chelsi” ustidan g‘alaba keltirdi (video)

Angliya Liga Kubogi. Keyn “Tottenhem”ga “Chelsi” ustidan g‘alaba keltirdi (video)


8-yanvar, seshanba kuni futbol bo‘yicha Angliya Liga Kubogining 1/2 finalining dastlabki uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchbu uchrashuvda Maurisio Pochettino qo‘l ostidagi “Tottenhem” klubi “Uembli” stadionida Mauritsio Sarri boshqaruvidagi “Chelsi” jamoasini qabul qildi va Harri Keynning 26-daqiqada penaltidan kiritgan yagona goli evaziga g‘alaba qozondi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqaning yarim final ikkinchi o‘yini 9-yanvar, chorshanba kuni Toshkent vaqti bilan 00:45 da boshlanadi.

Angliya Liga Kubogi

1/2 final bahsi

8-yanvar, seshanba

Gol: 1:0 – 26 Keyn.

“Tottenhem”: Gassaniga, Alderveyreld, Trippyer, Sanches, Rouz, Vinks (Skipp, 90), Eriksen (Lyorente, 90), Sissoko, Alli, Keyn, Son Hyon Min (Lamela, 79).

“Chelsi”: Arrisabalaga, Kristensen, Aspilikueta, Alonso, Ryudiger, Villian (Rodriges, 63), Barkli (Kovachich, 75), Hadson-Odoi (Jiru, 79), Kante, Azar, Jorjinyo.

Ogohlantirishlar: Arrisabalaga (25), Vinks (29), Sanches (59), Lamela (82).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-01-2019, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют