» » O‘zbekistonda eng namunali sektor rahbarlari avtomobil bilan taqdirlanadi

O‘zbekistonda eng namunali sektor rahbarlari avtomobil bilan taqdirlanadi


Prezident qaroriga muvofiq, O‘zbekistonda tuman va shaharlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha hudud rahbarlari faoliyatini baholash tizimini tanqidiy ko‘rib chiqilib, sektor rahbarlari faoliyatini baholashning soddalashtirilgan tizimini joriy etadi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Yil yakunlariga ko‘ra faoliyatida yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan sektorlarni rag‘batlantirish maqsadida “Eng namunali sektor”, “Eng tashabbuskor sektor rahbari”, “Eng faol sektor shtabi a’zosi” nominatsiyalari bo‘yicha respublika tanlovi o‘tkaziladi.

Har yilning 15-yanvariga qadar Vazirlar Mahkamasi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan har bir tizim bo‘yicha:

Sektor rahbarlari faoliyatini baholash tizimiga muvofiq, ularning o‘tgan yilda amalga oshirgan ishlari tahlil etilib, umumiy yig‘ilishda muhokama qilinadi;

Baholash natijasiga ko‘ra, eng yuqori ko‘rsatkichga erishgan 2 nafar sektor rahbari avtotransport vositasi bilan taqdirlanadi, sektorlar faoliyatini namunali tashkil etgan rahbarlar va uning ishida faol qatnashgan boshqa shtab a’zolari qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlanadi;

Faoliyati samarasiz deb baholangan sektor rahbarlariga nisbatan egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan intizomiy jazo choralari qo‘llaniladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-01-2019, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 87) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют