» » O‘zbekistonda xalq ta’limi tizimidagi gazeta-jurnallar tahririyatlari birlashtirilishi ko‘zda tutilmoqda

O‘zbekistonda xalq ta’limi tizimidagi gazeta-jurnallar tahririyatlari birlashtirilishi ko‘zda tutilmoqda


Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi tizimidagi ommaviy axborot vositalari rolini yanada oshirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi.

Qarorga ko‘ra, Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi o‘ndan ortiq gazeta-jurnal tahririyati bazasida yagona yuridik shaxs shaklida “Xalq ta’limi nashriyotlari” davlat unitar korxonasi tashkil etiladi.

Mazkur hujjat Prezidentning tegishli qarori bilan tasdiqlangan “2018 — 2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi” ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.

Tuzilishi ko‘zda tutilgan “Xalq ta’limi nashriyotlari” DUK xodimlariga Xalq ta’limi vazirligi xodimlari uchun o‘rnatilgan tartibda Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatga turishlari, uy-joy uchun ipoteka kreditlari olish imkoniyati yaratilishi ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-01-2019, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют