» » Paxang shtati sultonining o‘g‘li Malayziyaning yangi qiroli bo‘lishi mumkin

Paxang shtati sultonining o‘g‘li Malayziyaning yangi qiroli bo‘lishi mumkin


Malayziya tarixida birinchi bor Muhammad V taxtdan voz kechganidan so‘ng, bo‘sh qolgan joyga eng asosiy da’vogarlardan biri Paxang sultonining o‘g‘li hisoblanmoqda, deb xabar berdi “TASS”.

Qayd etilishicha, joriy hafta davomida maxsus yig‘ilish o‘tkazilib, Paxang shtatining 88 yoshli sutoni Ahmad Shohning  taxtdan voz kechishi hamda uning o‘rniga 59 yoshli o‘g‘li Tengku Abdullaning taxtga o‘tirishi haqida qaror qabul qilinadi. Tengku Abdulla ikki yildan beri Paxang shtati hukmdori vazifasini bajarib kelmoqda.  88 yoshli Ahmad Shohning sog‘lig‘i yomonlashgan, shuning uchun ham u avvalroq o‘g‘lini valiahd deb e’lon qilgan edi.

Paxang shtati hukmdorligi Tengku Abdullaga o‘tishi esa unga rasman Malayziya taxtini egallash imkonini beradi.

Mamlakatdagi an’anaga ko‘ra, 13 shtat sultonlarini o‘z ichiga olgan hukmdorlar kengashi Malayziya qirolini navbatma-navbat besh yil muddatga tanlaydi. Kelantan shtati sultoni Muhammad V ning muddati 2021-yilda tugashi, uning o‘rniga esa Paxang shtati sultoni o‘tirishi kerak edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-01-2019, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют