» » YeI Eron razvedka xizmatiga qarshi sanksiyalar joriy etadi

YeI Eron razvedka xizmatiga qarshi sanksiyalar joriy etadi


Yevropa ittifoqi (YeI) Daniya hududida qotilikka tayyorgarlikda gumon qilinayotgan Eron razvedka xizmatiga qarshi sanksiyalar qo‘llashni ma’qulladi. Bu haqda Daniya tashqi ishlar vaziri Angders Samuelsen o‘zining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb yozmoqda “Novaya gazeta”.

30-oktabr kuni Daniya xavfsizlik xizmati Eron razvedkasini “Axvazni qutqarish uchun arab harakati”ning Daniya bo‘limi rahbariga hujum qilishga tayyorgarlik ko‘rishda ayblagan. U Eronning Xuzestan provinsiyasidagi etnik arablar uchun mustaqillik talab qiladi.

Eronda esa ushbu tashkilot terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatiga kiritilgan.

“Eron tashqi ishlar vazirligi esa, o‘z navbatida qotillikka tayyorgarlik ko‘rishga aloqadorligini rad etgan va buni ‘Eron va Yevropa o‘rtasidagi munosabatlarni buzish maqsadida Tehron dushmanlari fitnasining bir qismi’ deb atagan”,— deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-01-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют