» » Zeromax kompaniyasining sobiq direktori Mirodil Jalolov qamoqdan ozod qilindi

Zeromax kompaniyasining sobiq direktori Mirodil Jalolov qamoqdan ozod qilindi


Zeromax kompaniyasining sobiq ijrochi direktori Mirodil Jalolov joriy yil 8-yanvar kuni DXX tergov izoyatoridan ozod qilindi va shu kunning o‘zida Toshkentdagi uyiga qaytdi. Bu haqda uning turmush o‘rtog‘i Fotima Jalolova ma’lum qildi, deya xabar beradi “Anhor.uz”.

Jinoiy ishlar bo‘yicha Toshkent viloyat sudi 53 yashar Mirodil Jalolovga nisbatan hibsga olish tariqasidagi ehtiyot chorasini bekor qildi va u sud zalidan qo‘yib yuborildi. Shunday bo‘lsa ham, Jalolov O‘zbekiston Jinoyat kodeksining bir necha moddalari bilan aybdor deb topildi va 17 687 040 so‘m jarimaga tortildi.

2017-yil 4-yanvarida ham Mirodil Jalolov sud zalidan ozod qilingan, o‘shanda sud qarorida unga “yetkazilgan zararni qoplash uchun vaqt berilgani” qayd etilgandi. Biroq 2017-yil martida u yana qamoqqa olingan va shu paytgacha DXX tergov izoyatorida saqlanayotgandi. Jalolovga yaqin bo‘lgan manba buni “davlatga yetkazilgan o‘nlab million dollar zarar qoplanmagani” bilan izohlagandi.

Ma’lumot uchun, 2010-yil may oyida O‘zbekistonda Zeromax kompaniyasi faoliyati to‘xatilgan, mol-mulki davlat foydasiga musodara qilingan, hisob raqamlari esa muzlatilgandi. Mamlakatda “Odilboy” nomi bilan mashhur bo‘lgan Mirodil Jalolov esa o‘sha yil sentabr oyida qamoqqa olingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-01-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют