» » Donald Tramp mamlakatda favqulodda holat joriy qilmaydi

Donald Tramp mamlakatda favqulodda holat joriy qilmaydi


Prezident hukumatdagi “jimlik” kongress yetakchilari bilan uchrashuv xulosasiga ko‘ra yakunlanishiga ishonmoqda. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar berdi.

Avval xabar berilganiday, Tramp bugun Meksika bilan chegarada devor qurish masalasida millatga murojaat qildi. O‘z chiqishida prezident gumanitar hamda Meksika bilan chegaradagi minglab noqonuniy muhojirlar oqimi bilan bog‘liq inqiroz xususidagi mulohazalari bilan chegaralandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur vaziyat kongress yetakchilari bilan uchrashuvda 45 daqiqa ichida hal bo‘lishi mumkin.

Mayk Pens respublikachilarni Meksika chegarasida devor qurilishi uchun 5,7 milliard AQSh dollar mablag‘ ajratish uchun ovoz berishga chaqirdi.

Pens respublikachilar oldida Kapitoliydagi yopiq majlisda chiqish qildi. Pensning bayonoti hukumatdagi “jimlik”ning 18-kunida, Donald Trampning millatga murojaatidan ikki soat oldin qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-01-2019, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют