» » Shavkat Mirziyoyev yanvar oyida Hindiston va Germaniyaga tashrif buyuradi

Shavkat Mirziyoyev yanvar oyida Hindiston va Germaniyaga tashrif buyuradi


Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistondagi Xalqaro investitsiya sammitida ishtirok etadi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Xalqaro press-klub majlisida ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.uz”.

TIV rasmiy vakiliga ko‘ra, sammit joriy yil 18—20-yanvar kunlari Gujarot shtatida bo‘lib o‘tadi. Shavkat Mirziyoyev 18-yanvar kuni amaliy tashrif bilan boradi, chunki biznes-forumning asosiy tadbirlari o‘sha kuni bo‘lib o‘tadi. Unga davlatlar, xalqaro jamg‘armalar va yirik kompaniyalar rahbarlari taklif qilingan.

21—23-yanvar kunlari O‘zbekiston Prezidenti Germaniyaga rasmiy tashrif bilan boradi, deya qo‘shimcha qildi Ilhom Ne’matov.

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Laziz Qudratov tashrif jarayonida Germaniya kompaniyalarini O‘zbekistonda gaz-kimyo majmualari tashkil etilishiga jalb qilish masalalari muhokama etilishini ta’kidlab o‘tdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-01-2019, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют