» » AQShda Uber haydovchisi 6 kishini o‘ldirganini tan oldi

AQShda Uber haydovchisi 6 kishini o‘ldirganini tan oldi


48 yoshli Uber Djeyson Dalton 2016-yilning fevral oyida Michigan shtatining Kalamazu shahrida bir qator qotilliklar sodir etganligini tan oldi, deb yozmoqda Meduza.

Dalton sudda qotillik sodir etganini ixtiyoriy ravishda tan olishga qaror qilganligini ma’lum qilgan. Advokati qarshiligiga qarаmay, u anchadan beri qotillikni tan olib ko‘rsatma bermoqchi bo‘lganligini ta’kidlagan.

Uber haydovchisi 16 modda bilan, xususan, 6 kishini o‘ldirganlik va yana ikki kishiga suiqasd qilishda ayblanmoqda. U shartli ravishda muddatidan avval ozod etish huquqisiz umrbod qamoq jazosiga mahkum etilishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Jeyson Dalton 2016-yilning 20-fevral kechasi besh soat davomida Kalamazu shahrida olti kishini o‘ldirgan. Dalton qurbonlarni tasodifan tanlagan, ularning hech biri Uber mijozlari emasdi. Politsiyada ta’kidlanishicha, qotilliklar orasida Dalton Uber dasturi orqali taksi buyurtma bergan yo‘lovchilarni tashishda davom etgan.

Jeyson Dalton Uber dasturiga qaram bo‘lib qolganligini, dastur uning tanasi va ongini boshqarganligini aytgan.

Michigan shtatidagi bir qator qotilliklardan so‘ng, Uber kompaniyasi Jeyson Daltonni bundan avval hech qachon qonunni buzmaganligi uchun ishga olishganini bildirgan. Bo‘lib o‘tgan voqeadan so‘ng taksi buyurtma qilish servisi o‘z haydovchilarini qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tkazishdan bosh tortdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-01-2019, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют