» » Pastdarg‘omda O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilingan 5 kishiga fuqarolik pasporti topshirildi

Pastdarg‘omda O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilingan 5 kishiga fuqarolik pasporti topshirildi


Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida Prezident farmoniga muvofiq O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilingan 5 kishiga fuqarolik pasporti tantanali ravishda topshirildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

Tojikistondan O‘zbekistonga kelin bo‘lib tushgan Gulshan Axrorova 20 yildan buyon Pastdarg‘om tumanidagi 19-umumta’lim maktabida tarix fanidan dars berib keladi. U 2000-yilda fuqaroligi yo‘q shaxs guvohnomasini olgandi.

Abdunazar Shukurov 1993-yilda Qozog‘istondan O‘zbekistonga ko‘chib kelgan. 2005-yilda fuqaroligi yo‘q shaxs guvohnomasini olgan Abdunazar Shukurov Pastdarg‘om tuman Bandlikka ko‘maklashish markazida mehnat inspektori bo‘lib ishlaydi.

– Bugun men hammadan ko‘ra baxtiyorman. Hayotimdagi eng katta orzuim ushaldi, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik pasportini olishga muyassar bo‘ldim, — deydi Abdunazar Shukurov. — Bu ishonch meni jonajon O‘zbekistonimiz taraqqiyoti yo‘lida yanada fidoyilik bilan mehnat qilishga undaydi.

1995-yilda Tojikistondan O‘zbekistonga ko‘chib kelgan Baxtiyor Ahmedov, 1993-yilda oilasi bilan Tojikistondan O‘zbekistonga ko‘chib kelgan Surayyo va Mohira Rahimovalar ham O‘zbekiston fuqaroligini oldi.

– “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi qonunning 1-moddasida O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida va uning tashqarisida fuqarolarining huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilishi alohida qayd etilgan, – deydi tuman IIB migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi boshlig‘i Alisher Aliyev. – Prezidentimiz tashabbusi bilan yurtimizda istiqomat qilib, mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan ko‘plab insonlar hayoti quvonchga to‘lmoqda. 2018-yilda mazkur tumanda bir nafar fuqaroligi bo‘lmagan Dilbar Rabbimova ham prezident farmoni asosida fuqarolikka ega bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-01-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 61) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют