» » Muhammad Saloh ikkinchi marta Afrikada yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

Muhammad Saloh ikkinchi marta Afrikada yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi


Afrika futbol konfederatsiyasi (CAF) talqiniga ko‘ra, “Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh 2018-yilda Afrikaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda tashkilot o‘zining Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berdi.

Saloh bu yo‘lda klubdagi jamoadoshi, senegallik Sadio Mane va gabonlik “Arsenal” hujumchisi Pyer-Emerik Obameyangni dog‘da qoldirdi. O‘tgan yili ham Saloh ushbu o‘yinchilarni ortda qoldirib, mukofotga ega chiqqandi.

26 yoshli Misr terma jamoasi hujumchisi natijada mazkur sovringa ketma-ket ikkinchi marta sazovor bo‘ldi.

Avvalroq Saloh BBC talqini bo‘yicha Afrikaning 2018-yildagi eng yaxshi futbolchisi deya e’tirof etilgandi.

Ma’lumot uchun, ushbu mavsumda misrlik hujumchi 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma berdi.

 Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-01-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют