» » “Tottenhem” 55 yil ichida ilk marta “Chelsi”ni ketma-ket 3 ta o‘yinda mag‘lub etdi

“Tottenhem” 55 yil ichida ilk marta “Chelsi”ni ketma-ket 3 ta o‘yinda mag‘lub etdi


8-yanvar, seshanba kuni futbol bo‘yicha Angliya Liga Kubogining 1/2 finalining dastlabki uchrashuvida “Tottenhem” klubi “Chelsi”ni kichik hisobda yutdi (1:0).

“Shporlar” “ko‘klar” ustidan ketma-ket 3 ta uchrashuvda g‘alaba qozondi, deb yozadi Opta nashri.

Ma’lumot uchun, 2018-yilning noyabr oyida APL doirasida Maurisio Pochettino jamoasi Sarri shogirdlarini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi. Aprel oyida chempionat bahslari doirasida kechgan to‘qnashuvda ham “Tottenhem”ning qo‘li baland kelgan (3:1).

Eslatib o‘tamiz, “Tottenhem” klubi so‘nggi bor 1961-yilning mart oyidan 1963-yilning sentabr oyiga qadar “Chelsi” jamoasini 5 marta mag‘lub etgan. Va bu jamoaning hozircha eng yaxshi ko‘rsatkichi bo‘lib turibdi (“Chelsi”ga qarshi bahslarda).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-01-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют