» » Jengis Yembergenov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi

Jengis Yembergenov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi


Jengis Yembergenov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Vazirlar Kengashi axborot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi O‘zA.

J.Yembergenov ushbu lavozimga takroran tayinlanmoqda. U 2012—2017-yillar davomida ham shu vazifada faoliyat yuritgan.

2017-yilda Xo‘jayli tumaniga hokim bo‘lib saylangan J.Yembergenov  ko‘p o‘tmay Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi apparati bosh mutaxassisi sifatida faoliyatini davom ettirdi. So‘ng Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vaziri etib tayinlanib, shu kunga qadar mazkur vazirlikni boshqarib kelgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-01-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют