» » O‘zbekiston Moliya vaziri o‘rinbosari tayinlandi

O‘zbekiston Moliya vaziri o‘rinbosari tayinlandi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-yanvardagi 4098-sonli qaroriga asosan Golib Ablakulovich Xoljigitov O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining direktori – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Moliya vazirligi xabar berdi.

Golib Xoljigitov 1979-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, moliyachi, iqtisodchi. 2001-yilda Shimoliy Arizona Universiteti (AQSh), 2004-yilda Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti va 2012-yilda Garvard Universitetlarini (AQSh) tamomlagan.

Moliya vazirligida ish faoliyatini 2001-yilda boshlagan. 2004—2011-yillarda Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish ekspert guruhi rahbari, Markaz direktori vazifasini bajaruvchi va Markaz direktori. 2016—2018-yillarda UBS Global Wealth Management korporatsiyasining xususiy kapital va moliyaviy texnologiyalarni boshqarish masalasida avtomatlashtirish va robotlashtirish xizmatlarni joriy etish bo‘yicha loyihalar menejeri (AQSh).

2018-yildan hozirgi kungacha Golib Xoljigitov Bank of America Merril Lynch korporatsiyasining moliyaviy texnologiyalar masalalari bo‘yicha loyihalar menejeri (AQSh) lavozimida ishlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-01-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют