» » Osiyo Kubogi—2019. 5 ta gol urilgan o‘yinda Yaponiya Turkmanistonni taslim qildi (video)

Osiyo Kubogi—2019. 5 ta gol urilgan o‘yinda Yaponiya Turkmanistonni taslim qildi (video)


9-yanvar, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi 1-turining “F” guruhidagi ilk uchrashuvda Yaponiya terma jamoasi Turkmaniston termasi bilan jang qildi.

1-bo‘limning 26-daqiqasida Turkmaniston yarim himoyachisi Arslonmurod Omonov(O‘zbekiston Superligasida “Buxoro” tarkibida faoliyat olib boradi) Yaponiya termasi darvozasiga uzoq masofadan gol urdi (1:0). Jamoalar 0:1 hisobida qisqa tanaffusga yo‘l oldi.

2-bo‘limning 56-daqiqasida Genki Xaraguchi uzatmasini Yuya Osako turkmanlar darvozasiga joylab qo‘ydi va hisobni tenglashtirdi (1:1). Oradan 4 daqiqa o‘tib, Yuya Osako dublga erishdi (2:1). 71-daqiqaga kelib, Ritsu Doan Mammet O‘rozmuhammedov qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qildi (3:1). Uchrashuvning 79-daqiqasida Yaponiya termasi darvozaboni raqib o‘yinchisiga qarshi qo‘pol harakati uchun hakam tomonidan yaponlar darvozasi tomon o‘n bir metrlik jarima zarbasi belgilandi va Ahmad Otayev ushbu imkoniyatdan unumli foydalandi (3:2).

Yaponiya musobaqaning dastlabki bellashuvida qiyin va irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqa 1-turining “F” guruhidagi ikkinchi o‘yinida O‘zbekiston terma jamoasi Ummon termasiga qarshi maydonga tushadi. Mazkur o‘yin “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanalida matnli-onlayn translyatsiya qilinadi.? O‘tish uchun HAVOLAni bosing.

Osiyo Kubogi—2019

9-yanvar, chorshanba

“F” guruhi, 1-tur

Gollar: 0:1 — 26 Arslonmurod Omonov, 1:1 — 56 Yuya Osako, 2:1 — 60 Yuya Osako, 3:1 — 71 Ritsu Doan, 3:2 — 79 Ahmad Otayev.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-01-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют