» » Shavkat Mirziyoyev: 2019-yil turizm rivojida tub burilish yili bo‘ladi

Shavkat Mirziyoyev: 2019-yil turizm rivojida tub burilish yili bo‘ladi


2019-yil turizm rivojida tub burilish yili bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bu haqda 8-yanvar kuni investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlat rahbari, jumladan, Vazirlar Mahkamasining ijtimoiy kompleksiga oid vazifalarga ham to‘xtalib, turizm sohasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etishni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.

– Turizm uchun bosqichma-bosqich hamma sharoitlarni yaratyapmiz, investorlarga, ishbilarmonlarga keng imkoniyatlar beryapmiz. 2019-yil turizm rivojida tub burilish yili bo‘ladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida ham bu soha rivoji bo‘yicha takliflar bildirgan edi. Ushbu takliflarni amalda tatbiq etish maqsadida Prezidentning joriy yil 5-yanvardagi farmoniga muvofiq 2019—2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasi tasdiqlandi. Shuningdek, o‘sha kuni imzolangan Prezident qarori bilan mehmonxonalar tashkil etish bo‘yicha istiqbolli investitsiya loyihalari ro‘yxati qabul qilindi.

Ma’lumot uchun, 2017-yilda O‘zbekistonga qariyb 2 million 700 ming, 2018-yilda 5 million 300 mingdan ortiq turist kelgan. 2025-yilda mamlakatga tashrif buyuradigan xorijiy sayyohlar sonini 7 millionga, turizm eksportidan keladigan yillik daromadni esa 2 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-01-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют