» » O‘zbekistonda muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslar pasport olishi mumkin

O‘zbekistonda muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslar pasport olishi mumkin


Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslar ularning shaxsi va O‘zbekiston fuqaroligiga mansubligi aniqlangandan so‘ng pasport olishi mumkin, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarga pasport berish mexanizmi Reabilitatsiya markazlari to‘g‘risidagi nizomga kiritildi. Nizomga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlandi.

Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslar shaxsini tasdiqlovchi vaqtinchalik ma’lumotnoma bilan tuman (shahar) ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalariga murojaat etganda quyidagilar amalga oshiriladi:

muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi uning tug‘ilgan vaqti va joyi, qayerda yashaganligi, tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar mavjudligi yoki mavjud emasligi, ota-onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandlari va boshqa yaqin qarindoshlari, avvalgi doimiy propiska qilingan manzili haqidagi ma’lumotlarni aniqlash orqali o‘rganib chiqiladi;

O‘zbekiston Respublikasi yoki boshqa davlat fuqaroligiga mansubligi aniqlanmagan taqdirda, tuman (shahar) ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari shaxsini tasdiqlovchi vaqtincha ma’lumotnomani belgilangan tartibda beradi, shuningdek, mahalliy hokimliklar bilan birgalikda doimiy propiskani rasmiylashtirish, yashash guvohnomasini hujjatlashtirish choralarini ko‘radi.

O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik pasporti bilan avval hujjatlashtirilgan, ammo uni yo‘qotib qo‘ygan va doimiy propiskasi bo‘lmagan (sud qarori bilan doimiy propiskadan chiqarib yuborilgan va/yoki doimiy propiskaga qo‘yishga asoslari mavjud bo‘lmagan) muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarga istisno tariqasida, vaqtinchalik propiska asosida O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik pasporti qayta rasmiylashtiriladi.

Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarning fuqarolik pasportlarini rasmiylashtirish uchun davlat bojlari shahar va viloyatlar mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Zarur bo‘lganda, reabilitatsiya markazining buyurtmanomasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ularga mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan yo‘l xarajatlari uchun pul beriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-01-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют