» » Farg‘onada sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida uy egasi o‘g‘lining kuygan holdagi jasadi topildi

Farg‘onada sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida uy egasi o‘g‘lining kuygan holdagi jasadi topildi


9-yanvar kuni Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida Chashma qishlog‘i So‘x ko‘chasida yashovchi fuqaro O‘.A.ning uyida yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar beradi Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati. Tunda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida uy egasi o‘g‘lining kuygan holdagi jasadi topilgan.

Yong‘inga uchta yong‘in o‘chirish ekipajlari jalb etilgan. Yong‘in o‘chiruvchilar tomonidan ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in bartaraf etilgan. Yong‘inda 180 kv.metr maydonda uyning tomi, shifti va uy jihozlari yonib zararlangan. Yong‘indan uyning 220 kv.metr maydoni saqlab qolingan.

Yong‘in sababi va moddiy zarar aniqlanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-01-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют