» » “Bravo”dan ko‘rshapalak inigacha. Ijtimoiy tarmoqlar nima demoqda?

“Bravo”dan ko‘rshapalak inigacha. Ijtimoiy tarmoqlar nima demoqda?


Aksariyat internet foydalanuvchilari ijtimoiy tarmoqdagi muhokamalarga, u yerda ko‘tariladigan masalalarga befarq bo‘la olmaydi. Ko‘p hollarda ushbu muhokamalarda dolzarb mavzular va zamonaviy trendlar aks etadi. Bugun ijtimoiy tarmoqlarda qanday mavzular eng ko‘p muhokama qilindi? “Daryo” bu masalaga qiziqib ko‘rdi.

Facebook’da shu kunlarda katta mavzulardan biri qashqadaryolik shoira qiz Baxtinisonng vafot etgani munosabati bilan hamdardlik postlari bo‘ldi. O‘tgan oyda shoira qiz operatsiyasi uchun xalq va xususan ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari tomonidan xayriya uyushtirilib, zarur summa yig‘ilgan edi. Shunga qaramay, Baxtiniso Turkiyada vafot etdi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari unga atab postlar qoldirdi, oilasiga sabr tiladi.

Facebook’dagi “Maslahat.uz” guruhiga qo‘yilgan ushbu post ham ko‘pchilikda katta taassurot qoldirilib, foydalanuvchilarning olqishiga sazovor bo‘ldi.

Shu kunlarda yangi hajviy jamoa – “Bravo”ning chiqishlari ham turli fikrlarga sabab bo‘ldi. Aytish mumkinki, ko‘proq tanqidiy fikrlar aytildi.

Ijtimoiy  tarmoqlardagi yana bir sermuhokama masalalardan biri mish-mishlarga bag‘ishlandi. Shu kunlarda “Ko‘rshapalak ini sotib olinyapti” degan mish-mish urchigani haqida postlar paydo bo‘la boshladi. Quyida ushbu postlardan birini korish mumkin.

Tarmoqda tarqalgan mana bu surat  ko‘pchilikning e’tiboriga tushib, bu haqda ham postlar qo‘yildi

Ma’lumki, hozirda Osiyo chempionati davom etmoqda. O‘zbekiston ham ushbu chempionatga jo‘nab ketgan. Foydalanuvchilar milliy terma jamoaga omad tilab postlar qo‘ymoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi musobaqani g‘alaba bilan boshladi.

Taniqli sport sharhlovchisi Xayrulla Hamidov bu haqda ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida munosabatini yozib kelmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-01-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют