» » Fransiya sharqida Mirage 2000D qiruvchi samolyoti g‘oyib bo‘ldi

Fransiya sharqida Mirage 2000D qiruvchi samolyoti g‘oyib bo‘ldi


Fransiya harbiy-havo kuchlarining Mirage 2000D qiruvchi samolyoti mamlakat sharqida radarlardan yo‘qolgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Bortida ikki kishi bo‘lgan samolyot Nansi-Oshe aviabazasidan havoga ko‘tarilgan. Qiruvchi Yura tog‘ massivi ustidan uchib o‘tayotgan vaqtda, u bilan aloqa yo‘qolgan.

Departament prefekturasi yo‘qolgan samolyotni qidirish ishlarini boshlagan.

Dassault Mirage 2000 Fransiyaning ko‘p maqsadli qiruvchi samolyoti bo‘lib, 1970-yillarda Dasso firmasi tomonidan yaratilgan. Samolyotning 2000D talqini 1990-yillarda oddiy qurollarni tashish uchun yaratilgan. Jami 86 ta 2000D talqinidagi qiruvchi yig‘ilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-01-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют