» » O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi Usmonxon Alimov al-Azhar shayxi bilan uchrashdi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi Usmonxon Alimov al-Azhar shayxi bilan uchrashdi


Bugun, 9-yanvar kuni O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida Misr davlatida xizmat safarida bo‘lib turgan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari al-Azhar Shayxi Ahmad Muhammad Toyyib janoblari bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

Muloqotda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Rustam Qosimov, O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasi rektori Shuhrat Yovqochev va al-Azhar majmuasining yirik ulamolari ishtirok etdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan diniy-ma’rifiy sohadagi ulkan islohotlar haqida ma’lumotlar taqdim etildi. Shuningdek, O‘zbekiston va Misr davlatlari o‘rtasidagi diniy-ma’rifiy sohadagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Muloqot yakunida tomonlar al-Azhar majmuasi hamda O‘zbekistondagi diniy sohaga oid markazlar o‘rtasida hamkorlik qilish to‘g‘risidagi “Yo‘l xaritasi”ni imzoladi. Misr safari davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-01-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют