» » Qozog‘istonlik oila avval 2 nafar, keyin 3 nafar egizak farzand ko‘rdi

Qozog‘istonlik oila avval 2 nafar, keyin 3 nafar egizak farzand ko‘rdi


Qozog‘istonning Sharqiy Qozog‘iston viloyatida yashovchi Bulatxanovlar oilasi dastlab qiz farzandli bo‘lgan. Olti yildan so‘ng ularning ikki egizak o‘g‘li tug‘ilgan. Yana to‘rt yildan keyin esa uch nafar egizak qiz dunyoga kelgan. Bu haqda “Nur.kz” xabar berdi.

Eng katta qizning ismi Melane bo‘lib, u 13 yoshda. Uning yetti yoshli ikki ukasining ismi Vislan va Bislan. Ularning uchalasi ham maktabga boradi.

Bolalarning onasi Yekaterina ayni paytda uch yoshda bo‘lgan uch nafar qizchasi Rayana, Islana va Maryamni tarbiyalamoqda.

Bolalarning otasi Rinatning aytishicha, kichkinalarnng xarakterini bilmagan kishi ularni ajrata olmaydi, hatto uning o‘zi ham ba’zan adashib ketadi. Otaning so‘zlariga ko‘ra, ularning uzoq qarindoshlarida ikki va uch nafar egizak tug‘ilgan holatlar bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-01-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют