» » Qoraqalpoq tilining yangi izohli lug‘ati tayyorlanadi

Qoraqalpoq tilining yangi izohli lug‘ati tayyorlanadi


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Respublika terminologiya markazi tomonidan “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” asosida “Qoraqalpoq tilining izohli lug‘ati“ tayyorlanadi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Bu ishga qoraqalpoq tilshunosligi bo‘yicha olimlar jalb etilgan.

— 4 jildlik “Qoraqalpoq tilining izohli lug‘ati“ dastlab 1992-yilda nashr qilingan, — deydi Qoraqalpog‘iston Respublikasi terminologiya markazi rahbari, professor Sh.Abdinazimov. — Taraqqiyot bilan birga, tilimizga yangi so‘zlar kirib kelyapti, ayrimlari iste’moldan chiqib qolmoqda. Tabiiyki, bu izohli lug‘atni qayta tayyorlashga katta ehtiyoj tug‘diradi.

Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti direktori, filologiya fanlari nomzodi A.Alniyazovning ta’kidlashicha, izohli lug‘atning to‘ldirilgan holatda nashr qilinishi qoraqalpoq adabiy tilining boyishiga xizmat qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-01-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют