» » Buxoroda yaroqsiz shiferlar xarid qilgan iste’molchiga mahsulot yangisiga almashtirib berildi

Buxoroda yaroqsiz shiferlar xarid qilgan iste’molchiga mahsulot yangisiga almashtirib berildi


Buxoro viloyatining Peshku tumanidagi 3-o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi Mehriddin Qosimov muammoli vaziyatga duch keldi. Bu haqda “Xalq so‘zi” ma’lum qildi.

Uyining tom qismiga shifer yotqizish maqsadida Mehriddin Vobkent tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor I. Jumayevdan 200 dona, har birining narxi 34500 so‘mdan jami 6 900 000 so‘mga shifer mahsulotini sotib oladi. Biroq oradan biroz vaqt o‘tib shiferlarning bir qismi o‘z-o‘zidan yorilib, yaroqsiz holga keladi.

Bu holat bo‘yicha sotuvchiga murojaat qilgan iste’molchi jo‘yali javob olmagan: na to‘lov puli qaytarilgan, na sifatli shefirga almashtirib berilgan. Oxir oqibat Vobkent tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga shikoyat bilan murojaat qilib, yordam berishlarini so‘ragan.

Jamiyat xodimlari tomonidan fuqaroning xonadoniga borib vaziyat o‘rganilganda haqiqatdan 58 dona shifer yorilib, yaroqsiz holga kelgani aniqlandi.

Tadbirkor I.Jumayev tomonidan 60 dona yaroqsiz shifer mahsuloti yangisiga almashtirilib, usta xarajatlari uchun 600 000 so‘m naqd pul undirib berildi. Jami 2 700 000 so‘mlik xarajat qoplab berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-01-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют