» » O‘zbekistonda 2018-yilda 35 706 kishi jazoga hukm qilingan, 867 nafari oqlangan

O‘zbekistonda 2018-yilda 35 706 kishi jazoga hukm qilingan, 867 nafari oqlangan


2018-yilda jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 48 581 kishiga nisbatan 38 122 ta ish ko‘rib chiqildi. Bu 2017-yilgi ko‘rsatkichdan 35,5 foiz ish va 37,2 foiz shaxsga kamdir. Yil yakunlarini O‘zbekiston Oliy sudi rasmiy vakili Aziz Obidov ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Shundan 867 kishi oqlangan va reabilitatsiya qilingan, jazoga hukm qilinganlar soni 35 706 kishini tashkil etdi. Ulardan 8 730 kishiga ozodlikdan mahrum etish, 24 902 kishiga nisbatan esa jazoning boshqa turlari tayinlangan, 2 074 kishi shartli hukm qilingan.

Bundan tashqari, 3 290 kishi ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlanishi munosabati bilan sud zalidan ozod qilingan, 30 171 kishi jazoni o‘tashdan shartli ravishda muddatidan oldin ozod etilgan. 9 785 kishiga tayinlangan jazo yengilrog‘iga almashtirilgan.

Hisobot davrida yarashuv institutining qo‘llanilishi natijasida 9 486 kishi jinoiy javobgarlikdan ozod etilgan.

343,6 milliard so‘mdan ortiq miqdordagi moddiy zararni qoplagan 3 785 kishiga nisbatan ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan.

17 613 ta jinoiy ish, ya’ni ko‘rilgan ishlarning 46,5 foizga yaqini sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-01-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют