» » Ozbekiston temir yollari mamlakatdagi ilk uch qavatli yol otkazgichni 2020-yilgacha qurib bitirishini elon qildi. Chakki qildi

Ozbekiston temir yollari mamlakatdagi ilk uch qavatli yol otkazgichni 2020-yilgacha qurib bitirishini elon qildi. Chakki qildi


89-yanvar kunlari Ozbekistonning deyarli barcha onlayn-nashrlarida bir xabar aylandi: Toshkentning Ohangaron yoli va Parkent kochasi kesishmasidagi uch qavatli yol otkazgich 2019-yil oxirigacha qurib bitkaziladi. Ushbu bayonot koprikni quruvchi tashkilot Ozbekiston temir yollari kompaniyasining axborot xizmati tomonidan berildi.

Kompaniya axborotida qurib bitiriladi, bunga boshimiz bilan javob beramiz, deyilmagan albatta, aksincha, nisbatan neytralroq: rejalashtirilgan degan soz ishlatilgan. Rejalar esa har doim ham real hayot sharoitlariga mos kelavermaydi. Bunga Ozbekiston temir yollarining juda yaqin otmishdagi bazi qurilish loyihalari, ayniqsa, kompaniya qurgan kopriklar yaxshi misol.

Birinchi misol 2017-yilgi daxldor. Oshanda Navroz bayrami arafasida Novza metro stansiyasi oldida, Bunyodkor va Muqimiy kochalari chorrahasida koprik qurilayotgan edi. Qurilishning songgi bosqichida chorraha atrofida transport harakatini toxtatish zarurati tugildi. 11-fevral kuni chorraha yopildi, 23-fevralda ochiladi, degan vada bilan.

Reja ozgargani 22-fevralda malum boldi: Chorrahaning ochilishi 1-martga qoldirildi, deyishdi. Oradan bir hafta otib, yangi vada: Yopilgan chorrahaning transport harakati uchun ochilishi 10-martga kochirildi. Chorrahaga doir 10-mart kuni berilgan songgi rasmiy axborotda esa sana aytilmadi ham, faqat Navroz bayrami arafasi kunlariga qoldirildi, deyildi... (oxir-oqibat koprik 25-mart kuni, chorraha esa undan sal avvalroq ochildi).

Ikkinchi misol 2018-yilga daxldor. Ozbekiston temir yollari Novzadan song Mirzo Ulugbek metro stansiyasi oldidagi chorrahada Bunyodkor va Choponota kochalari kesishmasida ham koprik qurdi. Kompaniya ushbu koprik yuzasidan 2018-yil fevralida bergan axborotida shunday degandi: Bunyodkor va Choponota kochalari kesishmasida qurilayotgan yol otkazgich 2018-yil may oyida foydalanishga topshiriladi.

1-may kuni esa Xalq sozi Ozbekiston temir yollariga asoslanib, koprik iyunda ochilishini elon qildi. Iyun otdi, iyul ham otdi 1-avgust kuni Podrobno.uz yana Ozbekiston temir yollari ga tayanib, koprik yaqin kunlarda ochiladi, deb elon qildi (xuddi Navroz arafasi kunlari degan gapga oxshaydi-a?). Koprik, va nihoyat, 10-avgust kuni ochildi (vaholanki, temiryol kompaniyasi uni mayga vada qilgandi).

Endi Ozbekiston temir yollari uch qavatli yol otkazgich 2019-yil oxirigacha qurib bitkazilishi rejalashtirilgan deyapti shuning oziyoq yana bir muddat surilishidir, chunki 2018-yil iyunida, ushbu loyiha birinchi bor Prezidentga taqdim etilganida u 2019-yil avgustida foydalanishga topshirilishi aytilgan edi. Kim bilsin, balki bunday katta inshootni haqiqatan ham avgustgacha bitkazib bolmas, ehtimol uning qurilishi dekabrgacha ham chozilmas (lekin dekabrgacha ham bitmay qolsa-chi, har holda bu uch qavatli koprik chakki qildi deganimiz shundan). Shunchaki, yuqorida keltirilgan 2017 va 2018-yilgi tajribalardan xulosa chiqargan holda, birdan kattaroq vaqt zaxirasi bilan vada berishgandir.

Balki vaqt borasida umuman vada bermagan maquldir? Etibor bering-a: 2018-yil dekabrida ishga tushishi aytilgan Jizzaxdagi Peugeot-Citroen avtozavodi qurilishi toxtab qolgan, 2018-yil dekabrida ishga tushishi aytilgan Humo Arena muz saroyining qurilishi hali yana kamida ikki oy davom etadi, 2018-yil dekabrida hech bolmasa birinchi bosqichi ishga tushishi lozim bolgan Amirsoy kurortining ochilishi esa naq bir yilga kechiktirildi. Amirsoy misoli ayniqsa etiborga molik loyiha mualliflari muddat masalasida hisob-kitobni togri olgandir-u, lekin, masalan, elektr taminoti va yol bilan bogliq vadalarning (vaqtida) bajarilmagani oqibatida ulgurmagandir?

Ana bitadi, mana topshiramiz, deb muhlatni qayta-qayta suraverib, takror va takror vada beraverib, subutsiz bolgandan kora, biror bemalolroq muddatni aytib, obyektni osha muddatdan bir-ikki oy avval foydalanishga topshirgan yaxshiroq. Shoshilib qayerga ham borardik shoshilinchda chala-chulpa qurguncha, xotirjam va hovliqmay puxta qilib bunyod etgan maqul.

Masalaning boshqa jihati ham bor Ozbekiston temir yollari avtomobil transporti uchun kopriklaridan tashqari Toshkentda yangi aeroport ham quryapti (ha, havo transporti uchun uchish-qonish joyi temiryol kompaniyasi tomonidan qurilyapti), qoshimchasiga oz yonalishida mega-loyiha amalga oshiryapti shahar boylab yer usti halqa metro yolini, Sergelida yer usti metro liniyasini, Yunusobodda esa yerosti metro yolining davomini quryapti. Bu kozga korinarli eng katta qurilish loyihalarning bir qismi, xolos (2019-yil davomida bularning yoniga yana boshqa katta loyihalar qoshilib qolmasa hali). Shuncha qurilishga ishchi kuchi, texnika yetkazish oson emas. Bazan bu obyektdagi kuch-quvvatlar unisiga, unisidagi esa bunisiga tashlanadi, oqibatda esa qurilishning borishi reja-jadvaldan ortda qoladi. Katta ehtimol bilan. Lekin bu haqda aytilmaydi. Obyektlarni foydalanishga topshirish muddatlarining ortga surilishini aytish bilan birga ularning sabablarini ham ochiqlash foydadan xoli bolmaydi.



Manba: Daryo.uz
: admin (9-01-2019, 22:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
:
-
:
20 ... -