» » Dunyoning eng boy odami Jeff Bezos 25 yillik turmushdan keyin ajrashishini ma’lum qildi

Dunyoning eng boy odami Jeff Bezos 25 yillik turmushdan keyin ajrashishini ma’lum qildi


Dunyoning eng boy odami — Amazon kompaniyasi asoschisi Jeff Bezos rafiqasi Makkenzi Bezos bilan ajrashayotganini ma’lum qildi. Bu haqda milliarder Twitter’da yozgan, deb xabar berdi “Vedomosti”. Bezosning qo‘shimcha qilishicha, er-xotin ancha vaqtdan buyon birga yashamayapti.

Biznesmen Twitter’da rafiqasi bilan qo‘shma bayonotni e’lon qilgan. Xabarda qayd etilishicha, ular ajrashganidan so‘ng qo‘shma loyihalarda va investitsiyalarda hamkorlik qilishda davom etadi.

Jeff Bezos va Makkenzi 1992-yilda tanishgan. Juftlik 1993-yilda turmush qurgan, ularning to‘rt nafar farzandi bor. 2017-yilda ular Day One Fund qo‘shma xayriya jamg‘armasini tuzgan.

2018-yilning mart oyida Forbes milliarderning boyligini 112 milliard dollarga baholagan. 7-yanvar kuni Amazon bozor kapitalizatsiyasi bo‘yicha Apple’ni ortda qoldirdi va dunyodagi eng qimmat kompaniyaga aylandi. Amazon’ning bozor kapitalizatsiyasi 796 milliard dollarni tashkil qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-01-2019, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют