» » Osiyo Kubogi—2019. Qatar Livanni taslim qildi (video)

Osiyo Kubogi—2019. Qatar Livanni taslim qildi (video)


9-yanvar, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi 1-turining “E” guruhidagi ikkinchi uchrashuv yakunlandi.

Ushbu bahsda Qatar terma jamoasi Livan termasi bilan kurashga kirishib, raqibini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Barcha gollar bellashuvning 2-bo‘limida kiritildi. 65-daqiqada Bassam Hisham o‘yindagi birinchi golni urgan bo‘lsa (1:0), 79-daqiqaga kelib Almoiz Ali raqib darvozasini ishg‘ol qilib g‘alabani mustahkamladi (2:0).

Eslatib o‘tamiz, musobaqaning “E” guruhidagi Saudiya Arabistoni va KXDR o‘rtasida kechgan o‘yinda arablar yirik hisobda g‘alaba qozondi (4:0).

Osiyo Kubogi—2019

“E” guruhi, 1-tur

9-yanvar, chorshanba

Gollar: 1:0 — 65 Bassam Hisham, 2:0 — 79 Almoiz Ali.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-01-2019, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют