» » “Xabbl” teleskopining asosiy kamerasi vaqtincha ishdan chiqdi

“Xabbl” teleskopining asosiy kamerasi vaqtincha ishdan chiqdi


“Xabbl” orbital observatoriyaning asosiy ilmiy quroli hisoblangan WFC3 keng burchakli kamerasi hozircha noma’lum bo‘lgan xatolik sababli ishlashdan to‘xtagan. NASA mutaxassislari uning ishini tiklash ustida ishlamoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

NASA tomonidan ma’lum qilinishicha, observatoriyaning barcha qismlari ma’lum xizmat ko‘rsatish muddatiga ega, shuning uchun ularda yuz berishi mumkin bo‘lgan muammolardan qochishning imkoni yo‘q.

“Xabbl” observatoriyasi kosmosda 29 yildan buyon ishlamoqda. WFC3 kamerasi esa uning bortiga 10 yil avval, teleskopning barcha qurilmalari va xizmat ko‘rsatish bloklari yangilangan vaqtda o‘rnatilgan

Bu kameraning o‘rnatilishi “Xabbl”ning imkoniyati, sezgirligi va ko‘rish “chuqurligi”ni infraqizil, optik va ultrabinafsha diapazonlarda o‘n marta oshirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-01-2019, 06:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют