» » Rasman: “Bavariya” JCh—2018 chempioni Pavar bilan 5 yillik shartnoma imzoladi

Rasman: “Bavariya” JCh—2018 chempioni Pavar bilan 5 yillik shartnoma imzoladi


“Shtutgart” himoyachisi Benjamen Pavar faoliyatini “Bavariya”da davom ettiradi, deya xabar beriladi klubning Twitter’dagi rasmiy sahifasida.

“Bavariya” sport direktori Hasan Salihamijichning ta’kidlashicha, 22 yoshli fransiyalik futbolchi Myunxen klubi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.

Pavar yangi jamoasiga shu yilning 1-iyulida kelib qo‘shiladi. Avvalroq xabar berilganidek, “Bavariya” 2018-yilda bo‘lib o‘tgan mundial g‘olibi uchun 35 million yevro to‘lagan.

 Ushbu mavsumda Pavar Bundesliga bahslari doirasida 14 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-01-2019, 06:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют