» » Dubayda dunyodagi birinchi changalzorli mehmonxona ochiladi (fotogalereya)

Dubayda dunyodagi birinchi changalzorli mehmonxona ochiladi (fotogalereya)


Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay amirligida 2018-yilda o‘z changalzorlariga ega bo‘lgan dunyodagi birinchi mehmonxona quriladi. Bu haqda “Eto jizn” nashri xabar berdi.

Shuningdek, u yerda sun’iy plyaj, hashamatli manzarali va shaffof tubli basseyn hamda suv zarrachalarini sochib turuvchi daraxtlar ham bo‘ladi.

ZAS Architects kompaniyasining Rosement Hotel & Residences deb nomlanuvchi loyihasi ikkita 47 qavatli osmono‘par bino majmuasidan iborat bo‘ladi. Mehmonxona qurilishiga qariyb 300 million dollar sarflanadi.

Bundan tashqari, mehmonxonada SPA, sport-sog‘lomlashtirish klubi, biznes-uchrashuvlar uchun xonalar, hashamatli restoran, elita kinoteatri, bouling-klub, tomosha balkoni, batutli bog‘ va boshqalar joylashadi.

Опубликовано: admin (5-03-2017, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют