» » Ispaniya Kubogi. “Real” g‘alaba qozondi, Vinisiusdan super gol, “Atletiko M” esa durang o‘ynadi (video)

Ispaniya Kubogi. “Real” g‘alaba qozondi, Vinisiusdan super gol, “Atletiko M” esa durang o‘ynadi (video)


9—10-yanvar kunlari futbol bo‘yicha Ispaniya Kubogining 1/8 finali doirasidagi dastlabki uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Diyego Simyone qo‘l ostidagi “Atletiko Madrid” jamoasi “Jirona” maydoniga safar qildi va tomonlar durangga imzo chekdi (1:1).

Barcha gollar o‘yinning 1-bo‘limida kiritildi. 9-daqiqada Atuan Grizmann Nikola Kalinich uzatmasini golga aylantirgan bo‘lsa, 34-daqiqada esa Entoni Losano hisobni tenglashtirdi (1:1).

Madridning yana bir klubi — “Real” o‘z maydonida “Leganes”ni qabul qildi va 3:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

1-bo‘limning so‘nggi daqiqalarida jamoa sardori Serxio Ramos 11 metrlik jarima zarbasidan darvozani aniq nishonga oldi va hisobni ochdi (1:0).

Uchrashuvning 68-daqiqasiga kelib Lukas Vaskes raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa (2:0), 77-daqiqada esa Vinisius Junior super gol muallifiga aylandi.

Ispaniya Kubogi

1/8 final bahslari

9-yanvar, chorshanba

Gollar: 0:1 – 9 Grizmann, 1:1 – 34 Losano.

10-yanvar, payshanba

Gollar: 1:0 – 44, penalti, Ramos, 2:0 – 68 Vaskes, 3:0 – 77 Vinisius.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-01-2019, 07:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют