» » Farg‘onada “O‘zbekiston — Xitoy: mintaqalar hamkorligi” fotoko‘rgazmasi ochildi

Farg‘onada “O‘zbekiston — Xitoy: mintaqalar hamkorligi” fotoko‘rgazmasi ochildi


Farg‘onada O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi tomonidan tashkillangan “O‘zbekiston — Xitoy: mintaqalar hamkorligi” deb nomlangan fotoko‘rgazma ish boshladi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyida tashkil etilgan mazkur fotoko‘rgazma O‘zbekiston—Xitoy do‘stlik munosabatlari, mintaqalararo hamkorlikdan hikoya qiladi. Ayniqsa, Farg‘ona viloyatidagi qo‘shma korxonalar faoliyati, viloyat delegatsiyasining Xitoyga tashrifi, Xitoyning turli provinsiyalaridan olingan suratlar ko‘rgazmaga kelganlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Farg‘ona viloyati va Xubey, Shandun provinsiyalari o‘rtasida do‘stlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgani tadbirkorlar uchun ham keng imkoniyatlar yaratmoqda. Bugungi kunda viloyatda Xitoy kapitali ishtirokida 60 dan ortiq korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Hududlar ishbilarmonlarining hamkorlikda biznes forumlar o‘tkazishi muntazamlik kasb etgan.O‘tgan yilda viloyat hokimi boshchiligidagi delegatsiya Xitoyda bo‘lib, ko‘plab samarali shartnomalar tuzishga erishildi.

Shuningdek, viloyat delegatsiyasi Xitoyning Xubey provinsiyasi ma’muriy markazi Uxan shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro birodar shaharlar konferensiyasida ishtirok etdi. Xitoyning bir qator provinsiyalaridagi yirik kompaniyalar rahbarlari, tadbirkorlar ham viloyatga tashrif buyurdi hamda bir qator investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish harakatlari boshlangan.

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi bilan Xitoy jurnalistlar assotsiatsiyasi orasida yaqin munosabatlar o‘rnatilgan bo‘lib, so‘nggi 3 yilda o‘ttizdan ziyod farg‘onalik jurnalist o‘zaro tajriba almashish uchun Xitoyga bordi, 31 nafar xitoylik jurnalist esa Farg‘onaga keldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-01-2019, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 46) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют