» » Bir oyda 30 ga yaqin samolyot Tramp qarorgohi yaqinidagi parvozlarga qo‘yilgan taqiqni buzdi

Bir oyda 30 ga yaqin samolyot Tramp qarorgohi yaqinidagi parvozlarga qo‘yilgan taqiqni buzdi


Kamida 27 ta samolyot fevral oyi davomida AQSh prezidenti Donald Trampning Floridada joylashgan Mar-a-Lago kurorti atrofidagi havo hududida parvozlarni amalga oshirishga qo‘yilgan vaqtinchalik taqiqni buzdi, deb yozadi “TASS” Federal aviatsiya boshqarmasiga tayanib.

Muassasa ma’lumotlariga ko‘ra, shunday holatlarning birida samolyotni to‘xtatib qolish uchun qiruvchi samolyotni havoga ko‘tarishga to‘g‘ri kelgan, natijada butun Palm-Bich tashqarisida tovush tezligidan ham ortiq panqillash eshitilgan.

Ekspertlar aniqlik kiritishicha, muammo shundaki, uchuvchilarning barchasi ham Tramp hokimiyat tepasiga kelganidan keyin kiritilgan yangi qoidalarga ko‘nikishga ulgurmagan. Deyarli har hafta so‘ngida u Mar-a-Lago kurortiga jo‘nab ketadi, u “Qishki Oq uy” degan norasmiy nomga ham ega bo‘ldi.

Joriy etilgan cheklovlarga ko‘ra, har qanday uchuvchi qurilmalar ushbu qarorgohda davlat rahbari bo‘lgan paytlarda undan 30 mil (48,2 km) radiusdagi havo hududidan foydalanishi taqiqlanadi.

Опубликовано: admin (5-03-2017, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют