» » Samarqandda 203 gramm opiyni 3 ming dollarga sotayotgan shaxs qo‘lga olindi

Samarqandda 203 gramm opiyni 3 ming dollarga sotayotgan shaxs qo‘lga olindi


Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida joylashgan “Yuqori Nuqta” YPX maskani yaqinida, Samarqand viloyat IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari hamda viloyat DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida fuqaro V.A. 3.000 dollar evaziga 203 gramm opiy giyohvandlik vositasini sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

Tadbir davomida V.A. boshqaruvidagi Mercedes-Benz rusumli avtomashina salonidan 210 gramm opiy giyohvandlik vositasi topilib, ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan. O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida jami 413 gramm opiy giyohvandlik vositasi olinib, hozirda ashyoviy dalil manbasini aniqlashga qaratilgan tezkor ishlar davom etmoqda.

Samarqand viloyat IIB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur holat bo‘yicha viloyat IIB Ekspert kriminalist bo‘limining 989-sonli ma’lumotnomasiga ko‘ra 198,31 gramm va 990-sonli ma’lumotnomasiga ko‘ra 196,73 gramm opiy giyohvandlik moddalari ekanligi aniqlangan. Jami bo‘lib 395,04 gramm og‘irlikdagi “opiy” giyohvandlik moddasi olingan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 273-moddasi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari davom ettirilmoqda. Ushbu modda bo‘yicha aybdor deb topilgan shaxs 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-01-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 87) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют