» » Megan Markl liboslari uchun 2018-yilda 500 million dollar sarfladi

Megan Markl liboslari uchun 2018-yilda 500 million dollar sarfladi


Moda dunyosi ekspertlari 2018-yil natijalarini sarhisob qilib, Yevropa qirollik oilalaridan qay biri yangi liboslar uchun ko‘proq pul sarflaganini aniqladi. Bu haqda “Forum Daily” xabar berdi.

Ushbu ro‘yxatda mutloq g‘olib deb 37 yoshli Megan Markl topildi.

Buyuk Britaniya aholisi bir necha bor Keyt Middltonni haddan ortiq qimmatbaho liboslar xarid qilishini tanqid qilgan.

Ammo bir necha oy avval shahzoda Uilyamning rafiqasida Megan Markl qiyofasida Middltonning jiddiy raqibasi paydo bo‘ldi.

Bir necha kun avval Unidentifiyed Fashion Objects No More blogi mualliflari ikki gersoginya va boshqa shoh oilalarining vakilalari 2018-yilda kiyinishga qancha mablag‘ sarflaganini hisoblab chiqdi.

Eng notejamkor sifatida shahzoda Garrining rafiqasi tan olindi.

Ekspertlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, uning internet va do‘konlardan xarid qilingan liboslarini hisoblaganda 506 ming AQSh dollar xarajati aniqlangan. Ushbu summaga buyurtmaga tiktirilgan liboslarning narxlari qo‘shilmagan.

Ajablanarli tomoni Keyt Middlton mazkur ro‘yxatda to‘rtinchi o‘rinni egallagan.

Kembrij gersoginyasining yangi liboslari 85 ming AQSh dollarga baholandi. Tadqiqot mualliflari bu omilga Middltonning uzoq vaqt onalik ta’tilida bo‘lganligi ta’sir qilganiga ishonchi komil. Buning natijasida u yarim yil tashqariga chiqmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-01-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют