» » Kosmosda ikkinchi bor sirli radiosignal aniqlandi (foto)

Kosmosda ikkinchi bor sirli radiosignal aniqlandi (foto)


Olimlar kosmosda ikkinchi bor sirli tezkor radiosignalni aniqladi. Bu haqda CNN xabar qiladi.

Bunday radiosignallar bir millisekund davom etadi, deyiladi xabarda.

Lekin bu faqat ikkinchi bor sodir bo‘layotgan radio signal. Hozircha uning sababi aniqlanmadi.

FRB 121102 deb nomlangan birinchi radio signal 2015-yilda Aresibo radio teleskopi yordamida aniqlangan. 2018-yilda esa u o‘zidan juda katta miqdorda quvvat chiqarishi ma’lum bo‘lgan.

Yaqindagina aniqlangan yangi radiosignal FRB 180814.J0422+73 deb nomlandi. U yangi Kanada vodorod zichligini xaritalash tajribasi (CHIME) yordamida amalga oshirilgan ilk kashfiyot bo‘ldi.

“Yana bir necha radiosignallar va qo‘shimcha manbalarga ega bo‘lgach, biz bu kosmik jumboqlarni tushunishimiz mumkin – ular qayerdan kelayotgani va sababi ham ma’lum bo‘ladi,”—  deydi Britaniya Kolumbiya Universiteti astrofizigi va CHIME jamoasi a’zosi Ingrid Steyrs.

Ba’zi olimlar radiosignallarga kuchli astrofizik hodisa sabab bo‘lgan deb tahmin qilyapti.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-01-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют