» » O‘zbekistonda energetik ichimliklarni o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarga sotish taqiqlandi

O‘zbekistonda energetik ichimliklarni o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarga sotish taqiqlandi


O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat tartibini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi, deb xabar berdi “Huquqiy axborot”.

Qonunga muvofiq, endilikda jamoat joylarida pul, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa moddiy qimmatliklar berishni faol tarzda so‘rab tilanchilik bilan shug‘ullanish avvaliga ma’muriy keyinchalik jinoiy javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari, energetik ichimliklarni o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarga sotish ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilandi.

Bunda qonunchilikka tarkibida 150 milligrammdan ortiq miqdorda kofein va (yoki) inson organizmiga tonusni o‘zgartiruvchi ta’sir ko‘rsatish uchun yetarli miqdordagi boshqa komponentlar mavjud bo‘lgan ichimliklar energetik ichimliklar hisoblanishi haqida qo‘shimcha ham kiritildi.

“Reklama to‘g‘risida”gi Qonun ham energetik ichimliklar reklamasiga qo‘yiladigan talablar bilan to‘ldirildi.

Xususan, bu kabi mahsulot reklamasida bunday ichimliklarni haddan ziyod iste’mol qilishning zarari to‘g‘risidagi ogohlantirish, shuningdek bunday ichimliklarni iste’mol qilish tavsiya etilmaydigan shaxslar haqidagi axborot mavjud bo‘lishi kerak, energetik ichimliklar reklamasini soat 7:00 dan soat 22:00 ga qadar televideniye va radio orqali reklama qilish taqiqlandi.

Energetik ichimliklarni cheklash bilan bog‘liq normalar Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach amalga kiritiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-01-2019, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 69) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют