» » BMT KXDRning sanksiyalarga zid ravishda Afrikaga qurol yetkazayotganini aniqladi

BMT KXDRning sanksiyalarga zid ravishda Afrikaga qurol yetkazayotganini aniqladi


BMT sanksiyalari ro‘yxatidagi KXDR quroli tashkilotning tinchliksevar kuchlari tomonidan Afrikada topildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

BMT ichki hisobotida qayd etilishicha, Shimoliy Koreya rahbariyati harbiylar uchun mashg‘ulotlar tashkil etib va qurol-yarog‘ yetkazib, o‘rnatilgan sanksiyalar ta’siridan qochmoqda.

Xususan, hisobotda yaqinda Misr tomon suzayotgan kemaga berkitilgan 30 ming granata topib, ushlangani ma’lum qilingan.

Shuningdek, KXDR harbiylarini Angola va Ugandada ham ko‘rishgan.

Mavzuga doir: BMT: KXDR xorijiy kompaniyalar tarmog‘i orqali sanksiyalarni chetlab o‘tmoqda

Mutaxassislar fikricha, Afrikada shunga o‘xshash ishlarni olib borish KXDRning Xitoyga tobeligini kamaytirishga xizmat qiladi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (5-03-2017, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют