» » Yulduzlar turkumida Yerdan uch barobar katta bo‘lgan yangi ekzosayyora aniqlandi

Yulduzlar turkumida Yerdan uch barobar katta bo‘lgan yangi ekzosayyora aniqlandi


Amerikalik astronomlar yulduzlar turkumidagi HD21749 yulduz atrofida aylanuvchi yangi ekzosayyorani kashf etdi.  Bu haqda “TASS” xabar berdi.

HD21749b deb nom olgan ekzosayyora Quyosh tizimidan 53 yorug‘lik nuri uzoqlikda joylashgan. “U Yerdan uch marta katta va 23 barobar zichroq bo‘lib, yulduz atrofida 36 sutka aylanadi. Uning yuzasidagi harorat taxminan 150 darajani tashkil etadi”, — deyiladi xabarda.

Ushbu ekzosayyora Uran yoki Neptun kabi aksariyat qismi vododordan iborat gaz giganti hisoblanmaydi. Sayyora zichligi suvga o‘xshash yoki u zich atmosferaga ega.

Astronomlar ushbu yulduz tizimida Yerga sayyorasi kattaligidagi, yulduz atrofini 7,8 sutkada aylanib chiquvch yana bir kichikroq sayyora bo‘lishi mumkinligini ham taxmin qilmoqda.

Ekzosayyora mavjudligi 2017-yil aprelida ishga tushirilgan TESS (Transit Exoplanet Survey Satellite) orbita teleskopi yordamida aniqlangan. U epliptik orbitada joylashgan bo‘lib, yer atrofini har 13,7 kunda aylanib chiqish imkonini beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-01-2019, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют