» » Eron TIV Mashhadda amerikalik fuqaro hibsga olinganini tasdiqladi

Eron TIV Mashhadda amerikalik fuqaro hibsga olinganini tasdiqladi


Eron Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Bahram Gasemi amerikalik Maykl Uaytning mamlakat hududida qo‘lga olinganini tasdiqladi. Shu bilan birga, uning noqulay sharoitlarda saqlanayotganligi haqidagi хabarlarni rad etdi. Uning bayonoti Eron Tashqi ishlar vazirligi saytida e’lon qilindi, deb xabar bermoqda RBK.

Gasemining aytishicha, amerikalik haqiqatan ham Mashhadda qo‘lga olingan bo‘lib, Tehron bu haqda Vashingtonga darhol ma’lum qilgan.

Diplomat, shuningdek, Eron hukumati Uayt ishini har tomonlama o‘rganib chiqishini aytgan, biroq AQSh fuqarosi hibsga olinishi sababiga aniqlik kiritmagan. U faqatgina Eron tergov natijalari jahon hamjamiyatiga o‘z vaqtida ma’lum qilinishini aytgan.

46 yoshlik AQSh Harbiy dengiz kuchlari veterani Maykl Uayt Eron hukumati tomonidan hibsga olinganligi haqida The New York Times gazetasiga uning onasi ma’lum qilgan. Uning aytishicha, o‘g‘li o‘tgan yilning ilyulidayoq hibsga olingan. Maykl Eronda qiz do‘sti bilan uchrashishi va Dubay orqali uyiga qaytishi kerak bo‘lgani, biroq u 27 iyuldagi reysga o‘tirmagan va shundan so‘ng uning yo‘qolib qolgani haqida ariza yozgan. Ayolning ta’kidlashicha, AQSh davlat departamenti esa uning o‘g‘li tirik va Eron qamoqxonasida saqlanayotganini uch hafta o‘tib ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-01-2019, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют