» » Xitoylik yigit iPhone uchun buyragini sotib, nogiron bo‘lib qoldi

Xitoylik yigit iPhone uchun buyragini sotib, nogiron bo‘lib qoldi


Xitoyda yashovchi yigit Apple mobil telefoni va plansheti uchun qora bozorda buyragini sotdi. U endilikda buyrak yetishmovchiligidan aziyat chekmoqda, deb yozadi Daily Mail.

Yigit 2011-yilda, 17 yoshda iPhone va iPad sotib olishga qaror qildi.

Yigitning ota-onasida bunday qimmat sovg‘aga pul yo‘q edi, shuning uchun u internet orqali inson organlarini sotib oluvchilarni topdi. Olib-sotarlar yigitning bitta buyragi uchun yaxshigina pul taklif qildi.

O‘sha yilning aprelida yigit ota-onasidan yashirib, boshqa provinsiyaga ketadi va buyragini sotib yuboradi.  Yigitning buyragini esa to‘qqiz ming dollar evaziga boshqa kishiga ko‘chirib o‘tkazishadi. Yigitga bor-yo‘g‘i 22 ming yuan berishgan. U ushbu pullarga darhol iPhone 4 va iPad sotib olgan.

Oradan biroz vaqt o‘tgacha, yigitning salomatligi yomonlasha boshlaydi. Unda buyrak yetishmovchiligi kuzatilib, yagona buyargi ham ishlamay qoladi.

Gemodializ tufayli yigit bir necha sutkalab, joyidan tura olmayapti.

Operatsiyadan yetti yil o‘tib, bugungi kunda yigit davlat tomonidan ajratiladigan nafqa hisobiga yashamoqda va muntazam parvarishga muhtoj bo‘lib qoldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-01-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют