» » Jismoniy mashqlarni haftasiga necha martadan bajarish kerak?

Jismoniy mashqlarni haftasiga necha martadan bajarish kerak?


Mushaklar qayta tiklanishi uchun qancha vaqt zarur bo‘ladi? Vazn yig‘ish uchun va ozish uchun sport mashqlarini haftada necha martadan bajargan maqbul?

Tanadagi yog‘larni ketkazish uchun davomiy ammo nisbatan yengil kardiomashg‘ulotlarni haftasiga 4—5 marta o‘tkazish mumkin. Muskullarni o‘stirish maqsadidagi kuch mashg‘ulotlari esa qayta tiklanish uchun ko‘proq vaqt talab qilganligi sababli, ularni haftasiga 3—4 martadan bajargan ma’qul.

Kichik va o‘rta muskul guruhlari (qo‘l, yelka, press) regeneratsiya uchun taxminan 48—60 soat talab qiladi. Tayanch mashqlarni bajarish hamda yirik muskul guruhlarini ishlatishdan keyin esa muskullar va markaziy asab tizimi to‘liq qayta tiklanishi uchun kamida 72 soat kerak bo‘ladi.

Kuch mashg‘ulotlari bajarilmaydigan kunlarda yengil kardiomashqlar (eshkak eshish trenajyori yoki ellipsoid) bajarish nafaqat qayta tiklanishni tezlashtiradi, balki muskullar relyefiga ham ijobiy ta’sir qiladi. Shuningdek, sauna yoki fitnes-klubning suv zonasiga tashrif ham foydali bo‘lishi mumkin.

Xulosa qiladigan bo‘lsak, vazn yig‘ish uchun trenajyor zalida haftasiga 3—4 marta shug‘ullangan ma’qul. Yirik muskullar guruhining har biri 72 soatda bir martadan ko‘proq ishlatilmaydi — agar ko‘krak qismini dushanba kuni mashq qildirgan bo‘lsangiz, keyingi safar uni payshanba yoki juma kuni mashq qildiring.

Опубликовано: admin (5-03-2017, 10:44)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют