» » Pasportlar reytingida O‘zbekiston 80-o‘rinni egalladi

Pasportlar reytingida O‘zbekiston 80-o‘rinni egalladi


Henley & Partners konsalting kompaniyasining xalqaro pasportlar reytingida Turkmaniston 85-mavqega joylashdi, O‘zbekiston va Tojikiston 80-o‘rinni o‘zaro bo‘lishib oldi, Qozog‘iston 67-o‘rinni, Qirg‘iziston esa 76-o‘rinni oldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari 58 ta mamlakatga vizasiz bora oladi. Qozog‘iston fuqarolari vizasiz 76 ta mamlakatga bora oladi. Qirg‘izistonliklar esa jahonning 64 ta mamlakatiga borishi mumkin.

Yaponiya Henley & Partners konsalting kompaniyasining pasportlar reytingida birinchi o‘ringa loyiq deb topildi. Yaponiya fuqarolari vizalarsiz dunyoning 190 ta mamlakatiga borishlari mumkin.

Reytingning ikkinchi o‘rinida Singapur va Janubiy Koreya turibdi. Bu mamlakat pasportlarning egalari vizasiz 189 ta mamlakatga borishlari mumkin. Uchinchi o‘rin Germaniya va Fransiyaga nasib qildi. Bu mamlakatlarning fuqarolari jahonning 188 ta mamlakatiga vizasiz borish huquqiga ega.

Reytingda jami 104 ta o‘rin bor. Umumiy reytingni Afg‘oniston va Iroq yakunlaydi. Bu mamlakatlarning fuqarolari 30 ta mamlakatga vizasiz bora oladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-01-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют