» » Toshkentda MFY binosini ta’mirlab berishni va’da qilib, mahalla raisidan 24,5 mln so‘mni olib aldab ketgan fuqaro qo‘lga olindi

Toshkentda MFY binosini ta’mirlab berishni va’da qilib, mahalla raisidan 24,5 mln so‘mni olib aldab ketgan fuqaro qo‘lga olindi


Toshkentda “Katta Olmazor” MFY binosini ta’mirlab berishni va’da qilib, mahalla raisidan 24,5 million so‘mni olib aldab ketgan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

2019-yil 9-yanvar kuni Toshkent shahrining Chilonzor tuman IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2017-yil 3-fevral kuni Uchtepa tumanida yashovchi N.M. Olmazor dahasida shu dahada yashovchi “Katta Olmazor” MFY raisi A.U.ga MFY binosining ichki qismini ta’mirlab berishini aytib, aldov yo‘li bilan 24 million 500 ming so‘m pulini olganini va bergan va’dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida N.M. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-01-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют