» » O‘zbek qizining angliyalik lord bilan sevgi tarixi, Suriyada qo‘lga olingan o‘zbekistonlik jangarilar, bu yilgi qish haqida “O‘zgidromet” ma’lumoti va kunning boshqa muhim xabarlari

O‘zbek qizining angliyalik lord bilan sevgi tarixi, Suriyada qo‘lga olingan o‘zbekistonlik jangarilar, bu yilgi qish haqida “O‘zgidromet” ma’lumoti va kunning boshqa muhim xabarlari


10-yanvarning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo” dayjestida.

O‘zbekistonlik 32 yoshli Guli Murodova multimillioner va lord, Konservativ musulmon forumi asoschisi, baron va Buyuk Britaniya Lordlar palatasining umrbod a’zosi bo‘lgan Muhammad Iltafga turmushga chiqqani haqida xabar berilgan edi. Ushbu xabar chop etilganidan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbekistonlik Guli Murodova haqida qo‘pol va haqoratomuz izohlar yozib qoldirila boshladi. Asossiz gap-so‘zlarga nuqta qo‘yish maqsadida Guli Shayx (Murodova) tahririyatga murojaat qildi va “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova bilan suhbat davomida shaxsiy hayoti haqidagi ma’lumotlarga oydinlik kiritdi.

***

Suriyada 8 nafar IShID jangarilari qo‘lga olindi. Ularning ikki nafari O‘zbekiston fuqarolari.

Suriya demokratik kuchlari tomonidan 6—7-yanvar kunlari Xadjin aholi punktida olib borilgan maxsus operatsiyalar natijasida sakkiz nafar xorijliklar qo‘lga olingan.

Shulardan ikki nafari O‘zbekiston fuqarolari — Odil Rahimov (Abu Amina O‘zbekiy, 58 yosh) va Farhod Qaderov (Abu Bilol O‘zbekiy, 28 yosh). Shuningdek, Tojikiston, Rossiya, Ukraina, AQSh va Germaniya fuqarolari ham bor.

***

Qish fasli hatto “chilla” kirgan bo‘lsa-da, hamon aytarli sovuq ham bo‘lmadi. Oppoq qor ham yaxshiroq yog‘madi. 5-fevralgacha qish chillasi davom etishini e’tiborga olib, bu davrda ob-havo qanday bo‘lishi, qaysi hududlarda qor yog‘ishi haqida “O‘zgidromet” Bosh sinoptigi Irina Zayseva ma’lumot berdi.

Bu yilgi qish ham bundan istisno bo‘lmayapti, sovuqni va qorni yaxshi ko‘radiganlarni zumrad qish ob-havosi bilan xursand qilgani yo‘q. Asosan yomg‘ir yog‘ib, ba’zi joylarda qorga aylangan bo‘lsa-da, harorat iliq.

Hozirgi paytgacha bu yilgi qishning eng sovuq davr — o‘tgan yilning 23—24-dekabriga to‘g‘ri kelmoqda. Shunda shimolda harorat 16-18 daraja atrofida, faqat Ustyurt platosidagina 20-22 daraja sovuqni tashkil qildi.

***

Propiskasiz yashaganlik uchun jarima miqdori pasaytirildi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksga pasport tizimini buzganlik uchun javobgarlikni yumshatuvchi o‘zgartirishlar kiritildi.

Pasport tizimi qoidalariga rioya etish uchun mas’ul bo‘lgan shaxslar tomonidan fuqarolarning pasportsiz yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarsiz yashashiga yo‘l qo‘yilishi, shuningdek vaqtincha/doimiy propiskasiz yoxud hisobda turmasdan yashashiga yo‘l qo‘yilishi eng kam ish haqining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Bundan avval jarima miqdori eng kam ish haqining 10 baravari miqdorida, yil davomida qayta sodir etilgan taqdirda 15 baravargacha jarima solishga sabab bo‘lgan.

***

Taniqli san’atkor, mashhur doirachi Rustam Ubaydullayev vafot etdi.

U doira san’ati ustasi hisoblangan. O‘zbekiston xalq xofizi Faxriddin Umarov bilan 40 yildan ortiq vaqt davomida birga ishlagan.

Rustam Ubaydullayevning kenja o‘g‘li Doston Ubaydullayev ham ota kasbidan ketib, taniqli san’atkorga aylandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-01-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют