» » Navoiyda tamirlash ishlari davomida tatilga chiqarib yuborilgan tarbiyachilarning 127 mln som ish haqi tolab beriladigan boldi

Navoiyda tamirlash ishlari davomida tatilga chiqarib yuborilgan tarbiyachilarning 127 mln som ish haqi tolab beriladigan boldi


Navoiy shahridagi ikki maktabgacha talim muassasasida tarbiyachi hamda xizmatchilarning huquqlari tiklanib, ularga 127 million 866 ming somlik ish haqlari undirib beriladigan boldi. Bu haqda Xalq sozi xabar bermoqda.

Shahardagi 21 va 22-maktabgacha talim muassasalarida otgan yilning 23-iyul sanasidan etiboran kapital tamirlash ishlari boshlangan edi. Natijada ikkala bogchadagi tarbiyachi hamda texnik xodimlarga bogcha mudiralari ulardan yozma ravishda ariza olmasdan turib oz hisobidan tatil berib yuborgan.

Ushbu holat yuzasidan xodimlar murojaati asosida organish otkazilganda ish beruvchilar tomonidan bir qator qonunbuzilish holatlariga yol qoyilganligi aniqlandi, deydi Navoiy shahar adliya bolimi boshligi Azamat Xolmominov. Jumladan, Mehnat Kodeksining 159-moddasida xodimning aybisiz yaroqsiz mahsulot tayyorlanganda va bekor turib qolingan vaqtda uning ortacha ish haqi saqlanishi belgilangan. Yuqoridagi holatda ham xodimlarning hech qanday aybi yoq. Bundan tashqari, maktabgacha talim muassasasi mudiralari xodimlarining ishlamay turib qolgan davrida boshqa mehnat bilan shugullanishini taminlash boyicha tegishli yuqori turuvchi organga murojaat bilan ham chiqmagan.

Navoiy shahar maktabgacha talim bolimiga adliya idorasi tomonidan kiritilgan taqdimnomaga asosan, 2018-yilning iyul oyi oxiridan noyabr oyigacha ishlamay turgan xodimlarga 127 million 866 ming som undirilishi belgilandi. Shundan 65 million 290 ming somi tolab berildi. Qolgan qismi ham tez orada ijobiy hal etiladi.

Bundan tashqari, xodimlari ishsiz qolgan davrda ularning boshqa mehnat bilan shugullanishini taminlash haqida taklif bilan chiqmaganliklari uchun maktabgacha talim muassasalari mudiralariga tegishli tartibda chora korish boyicha shahar maktabgacha talim bolimiga taqdimnoma kiritildi.



Manba: Daryo.uz
: admin (10-01-2019, 21:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
:
-
:
20 ... -