» » Toshkent shahar hokimligining “Poytaxt bank”i o‘z faoliyatini boshladi

Toshkent shahar hokimligining “Poytaxt bank”i o‘z faoliyatini boshladi


Toshkent shahrida yangi “Poytaxt bank” o‘z faoliyatini boshladi. Bank poytaxtda arzon uy-joylar sotib olish va qurishga kredit ajratishga ixtisoslashgan, deb yozadi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Endilikda bu yerda 130 ga yaqin xodim mijozlarga xizmat ko‘rsatadi. Bank to‘liq Toshkent shahar hokimligi tomonidan moliyalashtirilgan. Bankning afzalliklaridan biri, interaktiv xizmatlarning yo‘lga qo‘yilganligi. Unga ko‘ra, mijoz hatto bankka kelmagan taqdirda ham hisob raqami ochilishi va boshqa xizmatlarni masofadan turib amalga oshirishi mumkin.

Shuningdek, xizmat ko‘rsatuvchi bankomatlar haftaning har kuni 24 soat davomida faoliyat olib boradi hamda bank tariflari bo‘yicha ham mijozlarga ko‘plab qulayliklar mavjud.

Yangi bank Toshkentda ko‘p qavatli uylarni qurish va ta’mirlash bilan shug‘ullanuvchi ixtisoslashgan pudratchi tashkilotlarga kreditlar ajratish va lizing xizmatlarini ko‘rsatish, muhandislik infratuzilmalari sifatini yaxshilashni ko‘zda tutuvchi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishni moliyalashtirib, investitsion faoliyatni olib boradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-01-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют